Foto: Tass

Musobaqa peshqadami “Liverpul” safarda “Uotford”ga qarshi o‘ynadi va yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Maydon egalari safida Ismoila Sarr dublga erishgan bo‘lsa, uchinchi golni Troy Dini kiritdi.

Shu tariqa Yurgen Klopp shogirdlarining Premyer Liga joriy mavsumdagi mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘yildi. “Liverpul” 89 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. “Uotford” (27) esa ikki pog‘ona yuqorilab 17-o‘ringa ko‘tarildi.

“Uotford” — “Liverpul” 3:0

Gollar: 1:0 – 54 Sarr, 2:0 – 60 Sarr, 3:0 – 72 Dini.