Foto: Twitter

Tomas Tuxel qo‘l ostidagi parijliklar “Park de Prens”da mehmonlarni yirik hisobda taslim etdi. Uchrashuvning 3 – daqiqada Pablo Sarabiya maydon egalarini oldinga olib chiqdi.

74 – daqiqada Kilian Mbappe jamoasining ikkinchi golini urgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Mauro Ikardi hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Mbappe dubl qayd etgan holda yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Mazkur g‘alabadan keyin ochkolarini 68 taga yetkazib olgan PSJ yakka peshqadamlikda davom etmoqda va eng yaqin ta’qibchisini 13 ochkoga ortda qoldirgan.

Fransiya chempionati. 27-tur
PSJ – Dijon 4:0

Gollar: 1:0 – 3 Sarabiya, 2:0 – 74 Mbappe, 3:0 – 76 Ikardi, 4:0 – 90 Mbappe. 

PSJ – Navas, Kerer, Kimpembe, Bernat, Kuassi (Paredes, 72), Di Mariya (Draksler, 17), Sarabiya, Guye, Markinos, Mbappe, Kavani (Ikardi, 71).

Dijon – Runarsson, Kulibali (Kadis, 75), Alfons, Mendil, Lotoa (Amalfitano, 72), Balde, Ndong, Agerd, Manga, Mavididi (Sammaritano, 64), Tavaresh.