Foto: Google

Sohil qo’riqchilari vakillarining so’zlariga ko’ra, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 22:20 (Toshkent vaqti bilan 18:20) da bo’lgan.

To’qnashuvdan so’ng baliq ovi kemasi mustaqil ravishda portga qaytishga muvaffaq bo’ldi. Bortda bo’lgan 15 ekipaj a’zosi jabrlanmagan.

Yuk kemasining ekipaj a’zolarining barchasi chet elliklar ekanligi aytilmoqda. Ular orasida Xitoy, Vetnam va Filippin fuqarolari ham bor edi. Bitta odam qutqarildi. Yana 13 kishi bedarak yo’qolgan deb xabar berishgan. Ularni topish uchun to’rtta patrul kemasi yuborilgan. Boshqa tafsilotlar hali e’lon qilinmadi, deyiladi xabarda.