Foto: Soccernews

33 yoshli urugvaylik futbolchining “ko‘k – anorranglilar” bilan amaldagi kelishuvi 2021 – yilning yozida yakuniga yetadi.

“Oilam Barselonada baxtli. Hali klubga foyda keltira olaman, degan fikrdaman. Hamkorlikni davom ettirish haqidagi qarorni klub qabul qiladi. Albatta, faoliyatimni “Barselona”da davom ettirishni xohlayman. Ammo hammasi faqat menga bog‘liq emas. Agar kelasi mavsumdagi 60 foiz uchrashuvda maydonga tushsam, klub bilan tuzilgan bitim avtomatik tarzda uzaytiriladi”, deya urugvaylik forvardning so‘zlarini keltirmoqda As.