Foto: Tribuna

Unga ko‘ra, klubning o‘tgan mavsumdagi moliyaviy zarari 27,1 million funt sterlingni tashkil etgan. Undan avvalgi mavsumni esa klub 56,5 million funt foyda bilan yakunlagan edi.

Qayd etish joiz, «Arsenal» 2002 yildan buyon ilk marta moliyaviy yilni kamomad bilan yakunladi. Moliyaviy yo‘qotishlar klubning Chempionlar ligasida ishtirok etmayotganligi bilan ham bog‘liq.

Klub o‘tgan mavsum davomida futbolchilar transferi uchun 91 million funt sarflagan bo‘lsa, futbolchilar sotuvidan bor yo‘g‘i 16,8 million daromad qilgan. Jamoaning o‘z a’zolari uchun xarajatlari 8,4 million funtga oshib, 231,7 millionni tashkil etgan.