Foto: EPA – EFE/SHEPHERD ZHOU

“Koronavirusning tarqalishi xavfi tufayli, 29 fevraldan boshlab, Ozarbayjon Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o’rtasidagi davlat chegarasini ikki haftaga cheklovchi rejim asosida vaqtincha yopish to’g’risida qaror qabul qilindi”, aytiladi xabarda.

19 fevral kuni Eron Sog’liqni saqlash vazirligi yangi koronavirus bilan kasallanishning birinchi holatlarini e’lon qildi. Hozirda mamlakatda ushbu kasallikning 593 holati aniqlanib, 43 kishi vafot etgan.