Foto: Xalq so’zi

“Ayni paytda oʻtgan dam olish kunlari safarda boʻlgan barcha oʻyinchilar, texnik xodimlar va menejerlar oʻz uylarida 15 kunlik ishonchli karantinda saqlanmoqda”, — deyiladi rasmiy xabarda.

Ushbu klub S seriyaning “A” guruhida ayni paytda 24 ochko bilan 19-oʻrinda ketmoqda.

Professional futbolchilar orasida koronavirusga chalinish bilan bogʻliq ilk holat ham “Pyaneze” nomi bilan bogʻliq. Uning vakili 27-fevralda mazkur kasallikni yuqtirib olgani maʼlum boʻlgandi. Uning ismi-sharif oshkor etilmayapti.

La Nazione manbasi xabariga koʻra, 22 yoshli sportchi hatto oʻtgan hafta, 23-fevral kunidayoq tobi yoʻqligidan shikoyat qilgan va shu tufayli jamoasi oʻyinini oʻtkazib yuborgan ekan.

U oʻshanda oʻzini lohas his qilib, harorati koʻtarilgan edi. Koronavirus boʻyicha oʻtkazilgan test esa ijobiy natija bergani uchun u zudlik bilan shifoxonaga yotqizilib, izolyatsiya qilingan edi. Qayd etilishicha, ayni paytda bu atletning ahvoli qoniqarli darajada.

Oradan biroz oʻtib italiyalik murabbiy Juzeppe Sannino jamiyatdan ajratilgani maʼlum qilindi. U Budapeshtning “Gonvedom” klubi bilan ishlar edi. Garchi keyinchalik unda koronavirus belgilari aniqlanmagan boʻlsa-da, mutaxassis karantinda qoldirilgan.

Shundan soʻng u yordamchisi Alessandro Resenti bilan Italiyaga qaytib ketgan. Aeroportdagi tekshiruvlarda ham Juzeppeda bunday kasallik alomatlari yoʻqligi maʼlum boʻlgan.

Albatta, shu kabi holatlar italyan futboliga taʼsir etmasdan qolmadi. Quyi divizionlarda 40dan ortiq matchlar bekor qilindi, A seriyadagi “Inter” – “Sampdoriya”, “Atalanta” – “Sassuolo”, “Verona” – “Kalyari” i “Torino” – “Parma” bellashuvlari boshqa kunga koʻchirildi, oʻyinlar, jumladan, oltin medal uchun kurash taqdirida katta rol oʻynaydigan “Yuventus”-“Inter” bahsi ham boʻsh tribunalarda oʻtkaziladi.