Foto: Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylanganlar, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, tuman, shahar hokimlari, huquq-tartibot idoralari hamda korxona, tashkilot, muassasa rahbarlari, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov so‘zga chiqdi. 

Abdulla Aripov Prezidentning O‘ktam Barnoyevni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmonni o‘qib eshittirdi. 

Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov Prezident Farmoniga muvofiq hozirga qadar Buxoro shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Karim Kamolovni Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlanganligini ma’lum qildi.