Foto: Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i axborot xizmati

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat prokuraturasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand iqtisodiyot instituti dekan o‘rinbosari Qozog‘iston Respublikasining oliy o‘quv yurtida o‘qiyotgan talabani o‘qishini Samarqand iqtisodiyot institutiga ko‘chirish evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsuddinov xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand iqtisodiyot instituti dekan o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.