Foto: Cmu.edu

Bu haqida “O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra ushbu namunaviy talablar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan Madaniyat vazirligi, Davlat turizm qo‘mitasi va O‘zbekiston musulmonlar idorasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlab chiqilib tasdiqlanadi. Shuningdek, ziyorat qadamjolarida bo‘lish, madaniy va ibodat binolarini ziyorat qilish qoidalarini ishlab chiqish ham ko‘zda tutilgan.

Moddiy madaniy meros obyektlari hududlarida joylashgan, diniy tadbirlar va marosimlar, namoz o‘qish va ibodat uchun mo‘ljallangan diniy binolarga tashrif buyurgan shaxslardan to‘lov undirish taqiqlanadi.