Foto: RIA novosti

85 yoshli sobiq bemor yanvar oyida ishemik serebral insult tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan, 13 kun o‘tib unda koronavirus borligi aniqlangan, oradan yana 15 kun o‘tgach esa vafot etgan. Yorib ko‘rish ishlari o‘limidan 12 soat o‘tgach amalga oshirilgan.

Jarayonda koronavirus keltirib chiqargan kasallik ichki nafas olish organlari va o‘pka yo‘llaridagi alveolalarga zarar keltirishi aniqlandi. Kasallikning patologik o‘zgarishlari SARS (og‘ir respirator o‘tkir sindrom, atipik pnevmoniya) va MERS (Yaqin Sharq respirator sindromi) infeksiyalariga o‘xshash ekani, biroq ekssudativ reaksiya SARS’ga nisbatan tezroq ko‘zga tashlanishi ma’lum bo‘ldi.