Foto: Interfax

O’tgan yilning dekabr oyida epidemiya boshlanganidan beri mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 2835 kishini tashkil etdi, 79251 yuqtirish holatlari qayd etildi.

Xubey provinsiyasida infeksiya tarqalishi epitsentrida bir kunda 45 kishi, Pekinda va Xenanda bir kishi halok bo’ldi. Dekabrdan beri u yerda 2727 kishi COVID – 19 qurboniga aylandi, 66337 kishi kasal bo’ldi. Juma kuni kechqurunga kelib 28,9 ming kishi davolandi va kasalxonadan chiqarildi.

Umuman olganda, hozirgi vaqtda 37 mingdan ortiq odam materikdagi kasalxonalarda davolanmoqda, 7 mingdan ortiq bemorning ahvoli og’ir deb baholanmoqda. 39 mingdan ortiq odam davolanishdi va tibbiy muassasalarni tark etishdi.