Foto: Interfax

Umuman olganda, mamlakatda 2931 ta yuqumli kasallik mavjud, 16 tasi kishi vafot etgan.

Aksariyat holatlar Tegu shahri va Shimoliy Kyonsan provinsiyasida ro’y bermoqda. Seul poytaxtida yana 12 ta infeksiya holati tasdiqlandi.

Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi mamlakat tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, koronavirusning tez tarqalishi munosabati bilan dunyoning 70 dan ortiq mamlakati Janubiy Koreya fuqarolarining kirishiga taqiq e’lon qilgan.