O‘zbekistonda karantin davrida faoliyatida moliyaviy muammolarga duch kelayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatiladi. Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, ushbu masala yuzasidan alohida hukumatning qarori tayyorlanadi.

Foto: Google

“Davlat tomonidan karantin sharoitida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida ham tizimli chora-tadbirlar belgilandi. 

Mutasaddilarga nodavlat ta’lim tashkilotlari (maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, oliy ta’lim tashkilotlari) faoliyatini o‘rgangan holda, karantin cheklovlari joriy etilganligi munosabati bilan faoliyatida moliyaviy muammolarga duch kelayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish, shu jumladan, ushbu masala yuzasidan alohida Vazirlar Mahkamasining qarorini tayyorlanadi”, deyiladi komissiya qarorida.