Foto: Xalq so’zi

Bundan oldin Shveysariya hukumati mingdan ortiq inson ishtirok etadigan ommaviy tadbirlarni taqiqlagan edi. Ushbu mamlakat vazirlar mahkamasi xabariga koʻra, mazkur taqiq kamida 15 martga qadar amalda boʻladi.

Jenevadagi Xalqaro avtosalon shu yil 5-martidan 15-martiga qadar oʻtkazilishi kerak edi. Har yili unga 600 mingdan ortiq odam tashrif buyuradi.

Bundan avval esa Jenevada ixtirolar va qimmatbaho soatlar modasi saloni bekor qilingani ham ayon boʻlgandi. Ayni paytga kelib Shveysariyada yangi koronavirusni yuqtirish bilan bogʻliq 8 ta holat aniqlangan.

Hukumat ushbu qarorni aholi salomatligini saqlashni ustuvor vazifa deb bilishi bilan izohlagan hamda tashkilotchilar agar ming nafardan kam kishi qatnashadigan tadbirlarni oʻtkazishmoqchi boʻlishsa, buning uchun avvalo mahalliy hokimiyatning vakolatli idoralari bilan oʻzaro hamkorlikda xatar darajasini baholab olishlari shartligini ham bildirib oʻtgan.