Foto: Daryo

Haj har bir musulmon uchun Islom ziyoratgohlariga farz boʻlgan ziyoratdir. Har yili Saudiya Arabistoni barcha mamlakatlar uchun ziyoratchilar soni boʻyicha musulmon fuqarolarining soniga mutanosib ravishda kvotalar belgilaydi.

“Ufa shahrida Haj kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi, unda biz kvotalarni mintaqalar boʻyicha taqsimladik. Saudiya Arabistoni bilan tuzilgan shartnomaga koʻra, bu yil rossiyaliklar uchun kvota 25 ming oʻringa teng“, — dedi Abbyasov.

Haj Islomning ikki asosiy bayramlaridan biri boʻlgan Qurbon bayrami arafasida — zulhijja oyida (“haj oyi“) amalga oshiriladi. Bu yilgi haj mavsumi diniy taqvimga koʻra, 22 iyuldan boshlanishi mumkin.