Foto: Uzreport

2 martdan 8 martgacha UzAuto Motors mazkur aksiya doirasida ayol haydovchilarning avtomobillarining texnik holatini tekinga tekshirib beradi.

“Kompyuter dasturlari yordamida diagnostika stendlarida bizning mutaxassislarimiz sizning avtomobilingizni barcha texnik parametrlarini, jihozlar, tizimlar va qismlarning holatini tekshiradilar va keyingi foydalanish bo‘yicha maslahat beradilar. Butun hafta davomida, shuningdek, avtomobilingizni yuvish, g‘ildiraklarni muvozanatlash (balansirovka) va g‘ildiraklarni moslashtirish (razval sxojdeniye) kabi bepul xizmatlardan foydalanishingiz mumkin”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Aksiya Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan  TRADE-IN Markazida o‘tkaziladi.

Ushbu aksiyada ishtirok etishni istovchi ayollar 2 martga qadar  quyidagi shartlarni bajarishlari kerak:

  1. Kompaniya sahifasiga obuna bo‘ling: https://www.facebook.com/UzAutoMotorsOfficial/.
  2. Telegram kanalimizga obuna bo‘ling: @uzautomotorscom
  3. Instagram sahifamizga obuna bo‘ling: @uzautomotorsofficial
  4. Ushbu postga «Yoqdi» (Like) tugmasini bosing.
  5. Izohlarda ayol do‘stlarni belgilang.
  6. O‘zingizning sahifangizda ushbu postni hamma uchun ochiq holatda bo‘lishing.