Foto: Google

“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25 so‘mlik va undan kichik nominal qiymatidagi eski namunadagi tangalari va banknotlarini muomaladan qaytarib olish to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 3183, 2019 yil 18 sentabr) Nizomga ko‘ra, eski namunadagi 25 so‘m va undan kichik bo‘lgan tanga va banknotlar 2020 yil 1 martdan boshlab muomaladan chiqariladi.

Qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotgan eski namunadagi tangalar va banknotlar 1 martdan boshlab, faqat Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan muomaladagi tanga va banknotlarga almashtirib beriladi.