Foto: Google

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘.I.Barnoyevni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq – ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.

«O‘ktam Isoyevich Barnoyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq – ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlansin va shu munosabat bilan Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod etilsin», deyiladi farmonda.