Foto: Google

Reyting bo‘yicha eng yaxshi shahar London bo‘ldi. Dunyoning eng yaxshi shaharlari reytingining keyngi o‘rinlarida Nyu-York, Parij va Tokio joylashdi. 

Reyting tuzish uchun mutaxassislar mahalliy aholi va tashrif buyuruvchilarning baholarini hisobga olgan holda tadqiqot o‘tkazdilar. Shuningdek, ular xavfsizlik va ish haqi darajasi, ta’lim muassasalari, restoran va do‘konlar, infratuzilma va diqqatga sazovor joylarning mavjudligi, hamda shaharning ijtimoiy tarmoqlarda va ob-havo saxifalarida mashhurligini hisobga olganlar.

Reyting bir milliondan ortiq aholisi bo‘lgan shaharlar orasida tuzilgan.