Foto: IIV matbuot xizmati

20 fevral kuni Rishton tumani IIB va DXX Rishton tuman bo’limi xodimlari bilan hamkorlikda o’tkazilgan tezkor tadbirda Qo’qon shahrida yashovchi 29 yoshli N.N. va 42 yoshli M.B.lar Rishton tumani “Qalaynov” MFY hududida maxsus xaridorga 4.000.000 so’m va 400 AQSH dollari evaziga jami 1 400 dona “Tramadol lannacher 50 mg” tabletkalariga o’xshash tabletkalarini sotishgan vaqtida, ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Ekspertiza xulosasida rasmiylashtirib olingan ushbu 1 400 dona tabletkalarni sof vazni 70 gramm “Tramadol lannacher 50 mg” tabletkalari ekanligi aniqlangan. Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo’limi tomonidan N.N. va M.B.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 273 – moddasi 5 – qismi bilan jinoyait ishi qo’zg’atilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.