Foto: Trend

“Trend” xabariga ko’ra, “Bosh shtab Ozarbayjonda koronavirus infeksiyasining birinchi holatini tasdiqladi. Kasallik Erondan Ozarbayjonga kelgan Rossiya fuqarosida aniqlandi”, deyiladi bayonotda.

Kasalxonada bemorni tegishli terapiya bilan ta’minlash, shuningdek infeksiya tarqalishining oldini olish uchun barcha zarur jihozlar va professional tibbiy xodimlar mavjud.

Bundan tashqari, virusning tarqalishini va uning nomaqbul oqibatlarini oldini olish bo’yicha tegishli choralar ko’rilmoqda va zarur ma’lumotlarni olish uchun bemor bilan aloqa qilgan shaxslarni aniqlash, bemorni yuqtirish manbasini, shuningdek, yuqish yo’llari va boshqa infeksiyalarni aniqlash bo’yicha ishlar olib borilmoqda, deyilgan xabarda.