Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu markaz binosi 1980 yilda qurilgan. Hozirda unda Qurolli Kuchlar ansambli, Markaziy harbiy orkestr, “Turon” davlat harbiy teatri, bichish – tikish korxonasi va bolalar to‘garaklari joylashgan. Lekin imkoniyatlardan to‘la foydalanilmayotgan edi.

Prezident markaz binosini rekonstruksiya qilib, undan maqsadli foydalanish, davlat – xususiy sheriklik asosida ko‘ngilochar maskan tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Bu yerda konsertlar, bayram tadbirlari o‘tkaziladi. Atrof obodonlashtirilib, tadbirkorlar ishtirokida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etiladi.

Davlatimiz rahbari shu yerdagi Aviasozlar sport majmuasini ham kirib ko‘rdi. Uning hududini obodonlashtirish, sportsevarlarga qulayliklarni oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati