Foto: Google

Saudiya Arabistoni Podshohligining Toshkent shahridagi Elchixonasi O‘zbekiston tomonini chet el, jumladan O‘zbekiston fuqarolarining Umra amallarini bajarish va Madina shahridagi Payg‘ambarimizning Muqaddas Masjidlarini ziyorat qilish maqsadida Podshohlikka kirishi hamda ularga viza berilishi vaqtinchalik to‘xtatilganiligi to‘g‘risida rasman xabardor qildi.

Mazkur choralar COVID – 19 koronavirusining tarqalishini oldini olish uchun qo‘llanilmoqda.

Shu munosabat bilan Podshohlikka borishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistonining mazkur qarorini hisobga olishlari zarur.