Foto: Oliy majlis senati matbuot xizmati

Majlisda Senatorlar tomonidan ayni vaqtga qadar quyidagi qonunlar ma’qullandi:

  • “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi (yangi tahrirdagi);
  • “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi;
  • “Metrologiya to‘g‘risida”gi (yangi tahrirdagi);
  • “Bola huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
  • “Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi;
  • “Sud ishlarini yuritish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
  • “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
  • “Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi Ustavini (Gaaga, 1951 yil 31 oktyabr’) ratifikasiya qilish haqida”gi.

Rad etildi:

“Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi Qonun undagi qator konseptual kamchiliklar sababli senatorlar tomonidan rad etildi.

Shuningdek, “Jamiyatda ijtimoiy – ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab – quvvatlash hamda oila va xotin – qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonini tasdiqlash masalasi yuzasidan Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

Bundan tashqari, Senatorlar Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovini yuborishga oid qarorni qabul qildilar.

Yalpi majlis o‘z ishini davom ettirmoqda