Foto: Kun.uz

Unga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab pedagogika ta’lim sohasining oltita ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati uch yil etib belgilandi. Ular:

— Musiqa ta’limi;

— Jismoniy madaniyat;

— Texnologik ta’lim;

— Chaqiriqqacha harbiy ta’lim;

— Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;

— Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport.

Bunda Prezident qarori bilan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining pedagogik ta’lim sohasining ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan bakalavriat ta’lim dasturlari doirasida amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.