Foto: Regnum.ru

“Rosgeologiya” boshqaruvi raisi Sergey Gorkov va Geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi rahbari Bobur Islomovning uchrashuvidan soʻng yer osti boyliklaridan foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv imzolandi.

“Bitimni amaliy ravishda amalga oshirish uchun tomonlar Oʻzbekiston Respublikasida “Rosgeologiya”ning shoʻʼba korxonasini tashkil etish va qoʻshma ishlarni muvofiqlashtirish va samaradorligini baholash uchun ilmiy-texnik kengashni tashkil etish masalasini koʻrib chiqadilar”, – deyiladi bayonotda.

Shuningdek, “Rosgeologiya” Oʻzbekistonda geologik modelni aniqlashtirish, neft va gaz qazish istiqbollarini oʻrganish va uglevodorod potentsialini yangi konlarning ochilishi uchun geologorazvedkani keyingi yoʻnalishlarini asoslash bilan baholash boʻyicha ishlarni olib boradi, yangi konlarni kashf qilish uchun kelgusidagi qidiruv maydonlarini asoslab beradi. Xususan, gap Orol dengizidagi neft va gaz konlari potentsialini baholash haqida ketmoqda.

“Oʻzbekistonning mineral-xom ashyo bazasini boshqarishni raqamlashtirish sohasida tomonlar sanoat chiqindilarining mineral massasi hajmi va tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish uchun dasturiy yechimlar toʻplamini yaratishga va raqamli geologik-iqtisodiy modellarni rivojlantirish orqali mamlakatning mineral-xom ashyo resurslarini sanoatni rivojlantirishga jalb qilish samaradorligini baholashga kelishib oldilar», – deya qoʻshimcha qildi matbuot xizmati.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili “Rosgeologiya” “Oʻzbekneftegaz”ga Oʻzbekiston hududida  va boshqa mamlakatlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun geologik qidiruv ishlarida texnologik yechimlarni taklif qilgan edi.