Foto: O’zA

Senat raisi Tanzila Norboyeva boshqarayotgan tadbirda senatorlar, vazirliklar, idora va tashkilotlar rahbarlari, mas’ul shaxslar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Majlis kun tartibiga 17 masala kiritilgan. Ko‘riladigan masalalardan 9 tasi qonun bo‘lib, ular orasida “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi qonunlar bor.

Shuningdek, ichki ishlar, tashqi ishlar vazirlarining axboroti eshitiladi.

Bundan tashqari, Senat vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.