Avvalroq bugun ertalab Xitoyning janubi-g’arbiy Guychjou provinsiyasida maktab o’quvchilari bo’lgan avtobus suv omboriga tushib ketgani haqida xabar qilingan edi.

Foto: RIA Novosti

Dastlabki berilgan xabarga ko’ra, ilk ikki qurbon aniqlangan.

So’nggi berilgan ma’lumotga ko’ra, qurbonlar soni 21 kishiga ko’tarilgan, shuningdek, yana 15 kishi jarohat olgan, deya xabar berdi Xitoy markaziy televideniyesi.

Hodisa mahalliy vaqt bilan taxminan soat 11:45 (Toshkent vaqti bilan 08:45)da maktab o’quvchilari bo’lgan avtobus noma’lum sabablarga ko’ra bir tomonga ag’darilganida, yo’lning chekkasidagi to’siqlarni sindirib, Anshun shahridagi suv omboriga tushib ketgan.

Guychjou provinsiyasi yong’in boshqarmasining ma’lumotlariga ko’ra, hozirda yuzga yaqin qutqaruvchi, shu jumladan 17 nafar dengizchi ishlamoqda.

Halokat qanday sodir bo’lganligi hozircha noma’lum. Suv omborida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, tergov ham olib borilmoqda.