Farg‘ona viloyati qo‘shni Qirg‘izistonning Botken shahriga tibbiy himoya vositalari va diagnostika laboratoriya uskunalari ko‘rinishidagi gumanitar yordamni yubordi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Turmush KG

Qayd etilishicha, O‘zbekistondan yordam Botken shahri hokimi Alisher Abdurahmanov va Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng yetkazilgan.

Topshirilgan asbob-uskunalar va himoya vositalarining qiymati 630 mln. so‘mni (81,5 ming AQSh dollari) tashkil etadi.

Qirg‘iziston hukumati rahbariyati qiyin vaziyatda qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi.

Qo’shni mamlakatda hozirga kelib infeksiya yuqtirib olganlar soni 8141 kishini, qurbonlar esa 99 nafarni tashkil etmoqda.