6-iyul kuni Chilonzor tumanida joylashgan “Tashkent Trade Center” (Abu Saxiy) savdo markazi ma’muriyati ishchilari va bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlardan koronavirus infeksiyasiga namuna olindi.

Foto: Сhilonzor tumani hokimligi axborot xizmati

Test tahlillari natijasiga ko‘ra, bir necha xodimlarda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi. Bu haqda Сhilonzor tumani hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, savdo markazi profilaktika tadbirlarini o‘tkazish uchun vaqtincha yopildi.

Hozirgi vaqrda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10,459 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, 6690 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.