AQSh hukumati koronavirus pandemiyasi tufayli 2020 yil kuzgi semestrga o‘qish uchun xalqaro talabalarga vaqtinchalik viza cheklovlarini joriy etdi. Bu haqda AQSh Immigratsiya va chegara nazorati agentligi xabar berdi.

Foto: Google

Unga ko‘ra, ASHQdagi o‘qish to‘liq onlayn bo‘ladigan universitetlarga xalqaro talabalar qabul qilingan taqdirda ham, ularga viza berilmaydi. Bunda cheklovlar quyidagilarga taalluqli:

  1. To‘liq onlayn rejimda dars o‘tiladigan o‘quv muassasalariga (maktab, kollej va oliy ta’lim muassasalari) qatnovchi F-1 va M-1 vizasiga ega talabalar to‘liq onlayn dars ola turib, AQSHda qolishlari mumkin emas. Bunda, AQSH Davlat departamenti kuzgi semestrda to‘liq onlayn bo‘lgan maktablarda va / yoki dasturlarda o‘qiyotgan talabalarga viza taqdim etmaydi, AQSH bojxona va chegaralarni qo‘riqlash organlari ham ushbu talabalarning AQSHga kirishlariga ruxsat bermaydi. Hozirda AQSHda bunday dasturlarda qatnashgan talabalar mamlakatni tark etishlari yoki qonuniy maqomda qolish uchun yuzma-yuz o‘qitiladigan o‘quv muassasasiga o‘tish kabi boshqa choralarni ko‘rishlari kerak. Agar ushbu toifali talabalar ushbu talablarga bo‘ysunmasa, ular immigratsion oqibatlarga olib kelishi mumkin.
  2. Oddiy yuzma-yuz darslar o‘qitiladigan o‘quv muassasalariga qatnaydigan F-1 vizasiga ega talabalar amaldagi federal qonunlarga bo‘ysinishlari shart. Talablarga to‘g‘ri keladigan F-1 vizasiga ega talabalar eng ko‘pi bilan битта onlayn dars yoki uch kredit soatiga to‘g‘ri keladigan onlayn darslarga qatnashishlari mumkin bo‘ladi.
  3. Gibrid modelda o‘kitiladigan maktablarga, ya’ni bir vaqtda onlayn va yuzma-yuz darslarni o‘qitiladigan maktablarga tashrif buyurgan F-1 vizasiga ega talabalarga bitta onlayn dars yoki uch kredit soatiga to‘g‘ri keladigan onlayn darslar olishlari mumkin. Ushbu maktablar, o‘z o‘rnida, Talabalar va almashuv tashriflari (SEVP) dasturiga “Noimmigratsion talaba maqomiga mos bo‘lish to‘g‘risida guvohnoma” (I-20 shakli) orqali o‘quv umuman onlayn emasligini, talaba ushbu semestrda to‘liq onlayn kurs olmasligini va talaba o‘zining diplom dasturi bo‘yicha normal muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan minimal onlayn darslarni olayotganini tasdiqlashi kerak bo‘ladi. Yuqoridagi istisnolar ingliz tilini o‘rganish dasturlarida o‘qiyotgan F-1 vizasiga ega talabalarga yoki biron-bir onlayn kurslarga kirishga ruxsat berilmagan kasb-hunar darajasiga ega M-1 vizasiga ega talabalarga taalluqli emas.

Shuningdek, xabarda ta’kidlanishicha, agar o‘quv muassasalarida (maktab, kollej va oliy ta’lim muassasalari) kuzgi o‘quv semestrini yakka tartibdagi darslar bilan boshlasalar, ammo keyinchalik faqat onlayn darslarga o‘tishlari kerak bo‘lib qolsa yoki vizaga ega talaba o‘quv kursini o‘zgartirishi oqibatida butunlay onlayn kursli darslarga to‘g‘ri kelib qolsa, o‘quv muassasalari 10 kun ichida SEVIS tizimida o‘z ma’lumotlarini yangilashlari kerak bo‘ladi. AQSHdagi vizaga ega talabalarga onlayn darslar orqali to‘liq o‘qish kursini o‘tash taqiqlanadi.

“Agar talabalar shu kabi vaziyatga tushib qolsalar, ular mamlakatni tark etishlari yoki noimmigratsion bo‘lgan maqomini saqlab qolish uchun muqobil choralar ko‘rishlari kerak, masalan, onlayn o‘quv yukini kamaytirishi (bitta onlayn dars yoki uch kredit soatiga to‘g‘ri keladigan onlayn darslar) yoki tegishli tibbiy ta’til olishi kerak”, — deya ta’kidlanadi AQSH Immigratsiya va chegara nazorati agentligining xabarida.

AQShning da faoliyat yurituvchi jurnalist Behzod Mamadiyev o‘zining Vashington kundaligi Telegram kanalida ushbu cheklov masalasi bo‘yicha o‘zining qisqacha tushuntirishi bilan ulashdi.

“Agar siz 2020-yil kuzda boshlanadigan semestr uchun AQSH universitetiga o‘qishga qabul qilingan bo‘lsangiz, universitetingiz bilan bog‘lanib, kuzgi o‘qishlar qanday formatda bo‘lishini aniqlang. Agar darslar to‘liq onlayn formatga o‘tgan bo‘lsa, sizga viza berilmaydi yoki qo‘lingizdagi vizangiz yaroqsiz holga keladi. AQSHda bo‘lsangiz, mamlakatni tark etishingiz kerak. AQSHda qolishning yagona yo‘li — oqishni darslar yuzma-yuz bo‘ladigan boshqa universitetga ko‘chirish”, — deyiladi tushuntirishda.

Ma’lumot uchun, F-1 vizasiga ega talabalar AQSHda akademik kurs ishlarida, M-1 vizasiga ega talabalar AQShda o‘qish paytida kasbiy kurs ishlari bilan shug‘ullanishi uchun beriladi.

Eslatib o‘tamiz, 22-iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp 2020 yil oxirigacha chet ellik mutaxassislar va mavsumiy ishchilar uchun ish vizalarini berishni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ygan edi.