Afg’onistonda mahalliy politsiya boshlig’i va yana ikkita huquq-tartibot idoralari xodimi avtomobil portlatilishi natijasida vafot etdi, deya xabar berdi “1TV News” mahalliy hokimiyatga tayanib.

Afg`oniston koronavirus
Foto: RIA novosti

Nangarhar viloyati gubernatorining vakili Attaul Xogiyani, voqea bugun mahalliy bozorda bo’lganini aytmoqda. Portlashda yana besh nafar mahalliy politsiya xodimi jarohat olgan.

Hujum uchun javobgarlikni hozircha mamlakatda faoliyat yuritayotgan biron bir guruh o’z zimmasiga olganicha yo’q.

Avvalroq, Afg’oniston janubidagi portlash kamida olti kishini hayotdan olib ketgani haqida xabar qilgan edik.