Bugun ertalab Xitoyning janubi-g’arbiy Guychjou provinsiyasida maktab o’quvchilari bo’lgan avtobus suv omboriga tushib ketdi va yo’lovchilar soni va qurbonlar haqida hech qanday ma’lumot olinmadi, deya xabar berdi mamlakatning Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Foto: Google

Hodisa mahalliy vaqt bilan taxminan soat 11:45 (Toshkent vaqti bilan 08:45)da maktab o’quvchilari bo’lgan avtobus noma’lum sabablarga ko’ra bir tomonga ag’darilganida, yo’lning chekkasidagi to’siqlarni sindirib, Anshun shahridagi suv omboriga tushib ketgan.

Guychjou provinsiyasi yong’in boshqarmasining ma’lumotlariga ko’ra, hozirda yuzga yaqin qutqaruvchi, shu jumladan 17 nafar dengizchi ishlamoqda.