Foto: Sports

A Seriya qaroriga ko‘ra, 26-turning beshta o‘yini bo‘sh stadionlarda o‘tkaziladi. Ular qatoridan turning markaziy bahsi “Yuventus” – “Inter” uchrashuvi ham o‘rin olgan.

Quyidagi uchrashuvlar tomoshabinlarsiz o‘tishi kutilmoqda:

“Udineze” — “Fiorentina” (29-fevral)

“Yuventus” — “Inter” (1-mart)

“Milan” — “Jenoa” (1-mart)

“Sassuolo” — “Breshia” (1-mart)

“Parma” — SPAL (1-mart)

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Inter” Yevropa Ligasi 1/16 final javob bahsi doirasidagi “Ludogorets”ga qarshi o‘yinni bo‘sh arenada o‘tkazgandi.