Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri buyicha IIO FMB 1-son IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Google

Shu yilning 26-iyun kuni soat 15:00 da 30 yoshli N.R., jamoat joyi hisoblangan Buxoro shahrida joylashgan “Perinatal” markazi oldida kuyovi J.S., bilan o‘zaro oldindan bo‘lgan kelishmovchiliklar zamirida janjallashib turgan vaqtida, ularni ajratish uchun kelgan fuqaro N.R., ni (ayol) qo‘llari bilan urib-do‘pposlab, o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri buyicha IIO FMB 1-son IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov departamenti xabariga ko’ra, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.