Dermatolog Tatyana Yegorovaning ta’kidlashicha, odamlarda soch to’kilishining ikki asosiy sababi bu stress va tanadagi temir yetishmasligi, deb yozadi “Izvestiya”.

Foto: Google

Mutaxassisning fikriga ko’ra, og’ir stressdan keyin soch to’kilishi darhol paydo bo’lmaydi, lekin bir necha oy ichida ro’y berishi mumkin. Uning ta’kidlashicha, kuchli his-tuyg’ular bu muammoning juda keng tarqalgan sababi va uni hal qilish uchun siz vitaminlar buyuradigan shifokor bilan maslahatlashingiz kerak bo’ladi.

Soch to’kilishiga olib keladigan ikkinchi omil temir tanqisligi bo’lishi mumkin. Temir moddasi bilan tana to’yintirilgandan so’ng sochlar qalinroq va kuchliroq bo’ladi, deydi Yegorova.