Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko paypoq bilan suhbatga keldi. Videoni “Belarus 1” telekanali e’lon qilgan.

Foto: TASS

“Farroshlarni hurmat qilaman, poyabzalsiz yuraman!” — deya izoh bergan davlat rahbari oʻz tashqi koʻrinishiga, liftdan jurnalistlar qarshisiga chiqar ekan.

Ushbu kadrlar Vladimir Putin bilan Sochida oʻtkazilgan muzokaralardan soʻng suratga olingan. Jurnalist Aleksey Krivosheyevning hikoya qilishicha, u ham xuddi Belarus prezidenti singari, butun intervyuni poyabzalsiz oʻtkazgan.