“Fiorentina”ning fransiyalik yarimhimoyachisi Frank Riberining Florensiyadagi uyiga o‘g‘ri tushdi. Noma’lum shaxslar uyiga “tushganida” Riberi Parmaga ketgan, shu nomdagi klubga qarshi to‘p surayotgan edi.

Foto: Sportbox

Florensiyaliklar Parmadan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishdi.

Uyiga kelgan Riberining g‘alaba kayfiyatidan asar ham qolmadi: qimmatbaho buyumlar va ayrim boshqa narsalar yo‘qolgandi. Yetkazilgan moddiy zararning aniq qiymati ochiqlanmagan.

Riberi 2019-yil yozidan beri «binafshalar» sharafini himoya qilib qilyapti. 37 yoshli fransuz shu paytgacha Italiya «A» seriyasida 15 o‘yin o‘tkazib, uchta gol urgan, ikkita golga assistentlik qilga