Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Alan” gazkondensat konidagi 212-sonli quduqda burg‘ulash ishlari tugatilib, 2948-2928 metr oralig‘iga filtr tushirildi. Bu haqda “O’zbekneftgaz” AJ axborot xizmati xabar qildi.

Foto: Trend

Tezkor ma’lumotlarga kura, quduqni o‘zlashtirish ishlaridan so‘ng, kunlik 100 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 2,3 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Qayd etilishicha, “O‘zneftgaz burg‘ulash ishlari” MChJ tomonidan olib borilgan burug‘ulash ishlari tugatilib, hozirda ushbu quduq ustini jihozlash, uni gaz kollektoriga qo‘shish ishlari bajarilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu quduq “O‘zbekneftgaz”AJning 2020-yilda o‘z kuchi bilan burg‘ulab ishga tushirishi ko‘zda tutilgan 20 ta quduqdan biri hisoblanadi, deyiladi xabarda.