Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat Xavfsizlik yigʻilishi kengashida viloyatlararo transport harakatini vaqtincha toʻxtatish va toʻylarni taqiqlashni taklif qildi.

qirg'iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov
Foto: Sputnik

“Tarozi toshiga aholi salomatligi va iqtisodiy xavfsizlik qoʻyilganda, biz karantin eʼlon qildik va sabr bilan favqulodda holat rejimiga rioya qildik. Bu rejim olib tashlangandan keyin kasallanish keskin oʻsdi, koronavirus natijasida esa koʻplab aholimiz pnevmoniyadan aziyat chekmoqda”, – dedi Jeenbekov.

Shuningdek, u avvalroq tantanali tadbirlarni taqiqlash toʻgʻrisida taklif kiritganini eslatib oʻtdi va respublika shtabini bu borasida oʻz nuqtai nazarini aniq belgilashga chaqirdi.

“Men Jogorku Kenesh yigʻilishida ommaviy tantanali tadbirlarni rasman taqiqlash iltimosi bilan murojaat qilgan edim. Oʻylaymanki, bu masala borasida alohida rasmiy qaror qilinishi toʻgʻri boʻladi”, – dedi Qirgʻiziston rahbari.

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Qirgʻizistonda 7691 ta koronavirus holati qayd etilgan. Shundan 2 843 bemor tuzalib ketgan. 92 kishi virus qurboniga aylandi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 11,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 533 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.