Foto: Google

Dekabr oyidan beri koronavirus qurbonlari soni 2788 kishini tashkil etdi, kasallikning 78824 yuqtirilish holati qayd etildi.

Xubey provinsiyasida infeksiya tarqalish epitsentrida bir kunda 41 kishi, Pekinda ikki kishi, Shinjon – Uyg’ur avtonom viloyatida bir kishi halok bo’ldi.

O’tgan yilning dekabr oyidan beri viloyatda 2682 kishi koronavirusdan vafot etgan, 65914 kishi kasal bo’lgan, payshanba holatiga ko’ra 26,4 ming kishi davolangan va kasalxonadan chiqarilgan.