Namangan viloyati IIB xabariga ko’ra, 1963-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan, hozirda vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqaro yashash xonadonida qimorxona tashkil etib kelayotganligi bo‘yicha olingan ma’lumotga asosan uning xonadoni holislar ishtirokida tekshirilgan.

Foto: Namangan viloyati IIB axborot xizmati

Qayd etilishicha, ushbu fuqaro jami 9 nafar o‘ziga tanish bo‘lgan shaxslarga qimor o‘ynashlari uchun yashash xonadonida sharoit yaratib berganligi aniqlandi. Voqea joyidan jami 34,867,000 so‘m, 1120 AQSh dollari va xonadon egasi uchun ajratilgan 340,000 so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida olinib, mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib olingan.

Qo’shimcha qilinishicha, ayni paytda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.