Primorsk oʻlkasi Bolshoy kamen shahridagi kemasozlik korxonasida dunyodagi eng kuchli “Rossiya” atom muzyorar kemasi qurilishi boshlandi. Bu haqda “Rosatom” matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: Sputnik

Rosatomflot va “Zvezda” kemasizlik majmuasi oʻrtasida imzolangan shartnoma shartlariga muvofiq kemani 2027-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

“10510 kema loyihasining muqobili yoʻq. Nodir atom muzyorari Arktikaning sharqida unga yil boʻyi kemalarni muzliklardan olib oʻtishini taʼminlashga imkon beradigan alohida texnik xususiyatga ega”, – dedi Rosatomflot bosh direktori Mustafa Kashka.

Atom muzyorarining asosiy xususiyatlari: quvvati: 120 MVt, tezligi – 22 uzel (toza suvda), uzunligi – 209 metr, kengligi – 47,7 metr, muzni yorib oʻtish – 4 metr.