O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan “Nobel Pharmsanoat” kompaniyasi “Kovipir” nomi ostida “Favipiravir” faol moddasi asosida dori vositasini ishlab chiqarish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini boshladi.

Foto: RBK

Ushbu dori vositasining patenti Yaponiyaning “Toyama Chemical” kompaniyasiga tegishli hisoblanadi. RNK saqlovchi virus (gripp, rinovirus, nafas olish tizimi viruslari va boshqa)larga qarshi keng ta’sir doirasiga ega ushbu dori vositasini koronavirusga qarshi ijobiy tasiri isbotlangan bo‘lib, 2020-yil fevral oyidan boshlab Yaponiyada koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda qo‘llanila boshlangan.

Shu oyning o‘zidayoq Xitoyning “Zhejiang Hisun Pharmaceutical” kompaniyasi uni “Favilavir” savdo nomi ostida ishlab chiqarishni boshlagan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyadagi birinchi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi dori “Avifavir” mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan maʼqullangan edi.