Foto: Google

Filippin sohillarida 5.6 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqida payshanba kuni O’rta yer dengizi seysmologik markazi ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, silkinishlar epitsentri Davao shahridan 359 km uzoqlikda joylashgan. Zilzila o’chog’i 118 km chuqurlikda.

Qurbonlar, vayronagarchiliklar yoki sunami xavfi haqida xabarlar bo’lmagan, deyiladi xabarda.