Italiyalik taniqli kompozitor Ennio Morrikone vafot etdi, deb xabar berdi ANSA. Morrikone 91 yoshda edi.

Ennio Morrikone

Asosan, bastakor kino va televideniye uchun musiqaning muallifi sifatida tanilgan. U 400 dan ortiq filmlar va teleseriallar uchun musiqa yozgan.

Morrikone ko’plab boshqa mukofotlar singari ikkita “Oskar” mukofotiga sazovor bo’lgan.

“Tegib bo’lmas narsalar” filmidagi musiqasi uchun u 1988-yilda “Gremmi” mukofotiga sazovor bo’lgan.