Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) COVID-19’ga qarshi Rossiya vaksinasiga qiziqish bildirmoqda.

Foto: RIA Novosti

“Biz avifavir (koronavirusga qarshi dori – tahr.) sinovlari oʻtkazilayotganidan xabardormiz. Ikki yoki uchta dori sinovlari oʻtkazilmoqda, shunday ekan natijalarini kutmoqdamiz. Biroq, bundan tashqari, Rossiya vaksinasiga ham qiziqish bildirmoqdamiz”, – dedi JSST bosh ilmiy xodimi Sumiya Svaminatan.

Sumiya Svaminatan JSSTning vaktsina ishlab chiqarish uchun “Birdamlik sinovlari” loyihasi borligini taʼkidlagan va Rossiya olimlari hamkorlik qilishga rozi boʻlishiga umid bildirgan.

Hozirda Rossiya “Birdamlik sinovlari” loyihasida ishtirok etmaydi. Loyihaga AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy va Frantsiya ham qoʻshilmagan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyada sinovdan oʻtayotgan uch xil vaksina oʻz samaradorligini koʻrsatgani haqida aytgan edik. Shuningdek, yaqinda Rossiya Sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko mamlakat COVID-19’ga qarshi vaksina va test tizimlarini jahon bozoriga yetkazib berishga tayyorligini maʼlum qilgan.