Yaponiyada toshqin va ko’chkilar qurbonlari soni 25 kishiga yetdi, deb xabar qilmoqda “Kyodo” nashriga tayanib “Gazeta”.

Foto: Skrinshot

Mahalliy hokimiyat tabiiy ofat tufayli yana 17 kishi nobud bo’lganini taxmin qilmoqda. Oldinroq 24 qurbon haqida xabar qilingan edi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda qariyb 1,5 ming kishi Kumamoto prefekturasidagi 86 qutqaruv markazlariga joylashtirilgan.

Bugun, 6-iyul mintaqada yana kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkinligi aytilmoqda.

Avval xabar qilganimizdek, so’nggi bir necha kun ichida Yaponiyaning janubi-g’arbiy qismida bir qator joylarda 400 mm. gacha yog’ingarchilik sodir bo’ldi.

Kuchli yomg’ir tufayli Yaponiyaning Kumamoto va Kagosima prefekturalarining ayrim hududlarida ob-havoning xavfliligi darajasi eng yuqori deb e’lon qilingan. Shuningdek, evakuatsiya qilish zarurligi to’g’risida ogohlantirish ham e’lon qilingan.