3-iyul kuni Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB patrul-post va jinoyat qidiruv xizmatlari xodimlari Chilonzor tumanidagi bozorlardan birida amaliyot o‘tkazgan. 

Foto: RIA Novosti

Unda Jinoyat kodeksining 169-moddasida («O‘g‘rilik») nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, joriy yilning 4-mart kunidan buyon qidiruvda bo‘lgan 35 yoshli Mahmud I.ni qo‘lga olishdi.

Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bergan.